"Bo'ston kanali qurilishi" obyekti (G'arbiy qismi).

2019 - yil yanvar oyida Qoraqolpog'iston Respublikasida Janubiy Qoraqolpog'iston suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish loyihasi doirasida "TO'PALANG HPD HOLDING" MCHJ tomonidan "Bo'ston kanali qurilishi" obyektida dastlabki ishlar boshlab yuborilgan edi. Ushbu loyihadan asosiy ko'zlangan maqsad - aholini va qishloq xo'jaligini suvga bo'lgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan. Quyida ushbu loyiha bo'yicha qisqacha malumotlar keltirib o'tamiz:


1.Shartnoma bo'yicha qurilish muddati:

- Ishning boshlanishi            - 2019 yil yanvar

- Ishlarning yakunlanishi     - 2021 yil iyul.

2. Obektning shartnoma bo’yicha umumiy qiymati     - 352 163 072 398 so'm.

3. Kanalning umumiy uzunligi - 33,449 km

4. Tuproq ishlari hajmi       - 2 606,151 ming metr kub, shu jumladan 5 sm dan 20 sm gacha bo'lgan normada yer qatlamini qirib olish - 175,612 ming metr kub;  

       Qazish ishlari - 918.189 ming metr kub;

       Tuproq yotqizish ishlari - 1512.350 ming metr kub.

5. Beton ishlari - 140 230 metr kub.

Shu jumladan kanalning Beton qoplamasi yotqizilishi  - 126 176 m3

6. Avtomashinalar  uchun Temir - beton yo’l ko'prigi  - 20 dona.

7. Piyodalar uchun ko'priklar   - 7 dona.

Categories:

Tags:

Comments are closed