“Xorazm viloyati Toshsoqa magistral sug‘orish kanallari tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasi bo‘yicha.

Hozirgi kunda "TO'PALANG HPD HOLDING" MCHJ ning tizim tashkiloti hisoblanadigan "TO'PALANG HPD PLATINUM" MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 6 noyabrdagi PQ-1849-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 26 avgustdagi VMQ-282-sonli qarori asosida “Xorazm viloyati Toshsoqa magistral sug‘orish kanallari tizimini rekonstruksiya qilish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Quyida ushbu loyiha haqida qisqacha ma'lumotlar keltirib o'tamiz.

Ushbu loyihaning erishadigan yillik samardorlik ko‘rsatkichlar, ya'ni tejaladigan resurslar:

- 26,0 mlrd so‘m miqdorida ekspluatasiya mablag‘lari;

- 57,7 mln. kVt. elektro energiyasi;

- 700-860 mln kub metr suv.

Bundan tashqari, 314 km kanallarning va 721 dona gidrotexnik inshootlarning texnik holati yaxshilanadi. Toshsoqa kanallari tizimining foydalanish koeffisenti (KPD) 0,54 dan 0,75 ga oshadi. Natijada 191,3 ming gektar yerlarning suv ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.

Ushbu loyiha bir nechta “paket”larga bo‘lingan bo‘lib, ularning ichidan “O‘zbekgidroenergo” AJ pudrat tashkiloti (To’palang HPD Platinum” MChJ)tomonidan bajarilayotgan ob'ektlar:

1.  Xo‘jaliklararo kanallarni inshootlari bilan birga rekonstruksiya qilish” – “4-paket”.

Umumiy qiymati – 29,7 mln. dollar(shuning ichidan qo‘shimcha shartnoma bo‘yicha 8,8 mln. dollar).

Moliyalashtirish manbai - Islom Taraqqiyot Banki kreditlari.

Amalga oshirish muddati - 2022 yil mart oyi.

Bosh pudratchi – “To’palang HPD Platinum” MChJ.


Olib borilayotgan ishlarning joriy holati:

Joriy yilning 1 fevraliga qadar “To’palang HPD Platinum” MChJ tomonidan 14,98 mln. dollarlik qurilish-montaj ishlari (shartnoma qiymatining 51 foizi) amalga oshirildi. Xususan 1 495 ming kub metr yer ishlari ya'ni, 3 436,3 ming kub metrga teng bo‘lgan umumiy hajmdan 43 foizi, 103,5 ming kub metr beton ishlari ya'ni, 182,5 ming kub metrga teng bo‘lgan umumiy hajmdan 56 foizi bajarildi.

Shartnomada loyihani topshirish muddati 2022 yil mart oyiga (ya'ni 45 oy) belgilangan bo‘lib, ishlar tezkor ravishda bajarilayotganligi sababli, ob'ekt 2020 yilning sentyabr' oyida ya'ni 27 oyda topshirilishi rejalashtirilmoqda.


2.  Beg-yab kanali o‘zanining beton ishlari.

Umumiy qiymati – 8,8 mln. dollar.

Moliyalashtirish manbai - Islom Taraqqiyot Banki kreditlari.

Amalga oshirish muddati - 2022 yil mart oyi.

Bosh pudratchi – “To’palang HPD Platinum” MChJ.


Olib borilayotgan ishlarning joriy holati:

Bugungi kunda 9,0 km, ya'ni umumiy 36 km ga teng bo‘lgan uzunlikning 25 foizlik beton ishlari bajarilgan. Ushbu ishlarning qiymati 2,009 ming dollarga teng bo‘lib umumiy ob'ekt uchun ajratiladigan 8,8 mln. dollar mablag‘larning 22 foizi o‘zlashtirildi.


3.  R-7A chap tarmog‘i (21,36 km), R.Sobirov (15,8 km) va R-3 (10,589 km) kanallarini qayta tiklash – “5-paket”.

Umumiy qiymati - 53,5 mlrd so‘m (amalda 52,1 mlrd. so‘mga bajarilgan, ya'ni 1,4 mlrd. so‘mga teng mablag‘ tejalgan).

Moliyalashtirish manbai – Davlat byudjeti mablag‘lari.

Amalga oshirish muddati - 2019 yil aprelda tugallangan bo‘lib, 26 sentyabrda foydalanishga topshirilgan.

Bosh pudratchi – “To’palang HPD Platinum” MChJ.

Bajarilgan ishlar - 67,1 ming kub metr beton ishlari.


4.      R-3A kanalini inshootlari bilan birgalikda rekonstruksiya qilish – “7-paket”.

Umumiy qiymati - 15,2 mlrd. so‘m (amalda 13,3 mlrd. so‘mga bajarilgan, ya'ni 1,9 mlrd. so‘mga teng mablag‘ tejalgan).

Moliyalashtirish manbai – Davlat byudjeti mablag‘lari.

Amalga oshirish muddati - 2018 yil sentyabr' oyida tugallangan bo‘lib, dekabr' oyida foydalanishga topshirilgan.

Bosh pudratchi – “To’palang HPD Platinum” MChJ.

Bajarilgan ishlar - 14,3 ming kub metr beton ishlari.

Categories:

Tags:

Comments are closed