18.02.2020 yil sanasida Toshkent viloyatining Bo’stonliq tumani Chotqol daryosining quyi oqimida joylashgan «Quyi Chotqol GES
qurilishi» obyektida «O’zbekgidroenergo» AJ boshqaruv raisi A.Sanginov tashrif buyurdilar.

Tashrifdan asosiy ko’zlangan maqsad, obyektda bo’layotgan qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishish bo’ldi. Shuningdek jamiyat boshqaruv raisi u yerdagi ishchi guruhlarga qurilish jarayonining ish sifati va nazoratini belgilangan tartibda amalga oshirilishi bo’yicha hamda, ishchi-xodimlarning zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlanishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Ushbu tadbirda “TO’PALANG HPD HOLDING” MCHJ bosh direktori I.Abdurahmonov ham ishtirok etdilar.  

«Quyi Chotqol GES qurilish obyektida qurilish ishlari 2019 yilning 8 — avgustida boshlangan edi. Ushbu qurilishning ham
tamal toshini «O’zbekgidroenergo» AJ boshqaruv raisi A.Sanginov qo’ygan edilar.

 ❗️Ma’lumot uchun: Ushbu GESda har birining quvvati 19 MVt bo‘lgan 4 ta gidroagregat o‘rnatish mo‘ljallangan. Inshootning o‘rnatilgan quvvati 76 MVt bo‘lib, yillik o‘rtacha elektr energiya ishlab chiqarish hajmi 282 million kilovatt-soatga teng. Uning asosiy asbob-uskunalari normativ muddatlarga ko‘ra 40 yilgacha xizmat qilishi mumkin, amalda esa ular 80 yilgacha ham ishlaydi.

Categories:

Tags:

Comments are closed