Chorvoq (Chorbogʻ) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi shaharchaToshkent shahardan 70 km. Ugom
tizmasining
 yon bagʻrida, Ugom daryosining Chirchiq daryosiga quyilish joyidagi oʻng sohilida, Toshkent — Xoʻjakent 
temir yoʻlda joylashgan. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Xoʻjakent (3 km). Oʻrtacha 892 m balandlikda. 1964 yil Chorvoq suv ombori va Chorvoq GES qurilishi munosabati bilan bunyod etilgan. Axrlisi 5,5 ming kishi (2004).

«Corvoq suv ombori — Hozirgi vaqtda yurtimizdagi suv omborlarning ichida suv sig’imi bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. Uning suv sig’imi 2000 mln m3 ni tashkil qiladi. Birinchi o’rinda «Tuyamo’yin» suv omboridir. Uning sig’imi 7300 mln.mni tashkil qiladi.»

Chorvoq suv ombori — Chirchiq daryosining boshlanish qismida qurilgan (1963—70) gidrotexnika inshooti. Qishloq
xo’jaligini bir meʼyorda suv bilan taʼminlash, toshqinlarning oldini olish va gidrotexnika maqsadlarida barpo etilgan.
Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. Suv ombori Chatqol va Ugom toglari orasiga qurilgan. Tosh tuproqli toʻgʻoni
uzunligi 768 m, balandligi 168 m, yuqori qismining eni 12 m. Toʻgʻonda Chorvoq GESni suv bilan taʼminlash uchun
uzunligi 800 m va diametri 11 m boʻlgan 2 ta tunnel bor. Chorvoq suv omborining toʻla sigʻimi 2006 mln. m3, shundan    foydali suv hajmi 1580 mln. m3, suv yuzasi sathi 40,1 km², eni ayrim joylarda 10 km, uzunligi 19 km, maksimal
chuqurligi 131 m, oʻrtacha chuqurligi 55 m. Suv omboriga Piskom, Koʻksuv, Chatqol daryolari quyiladi.

Suv oqimi koʻpayib, xatarli darajaga yetganda suvni chiqarib yuboradigan shaxtali (1200 m³/sek) va 2 ta pogʻonali (450 m³/sek
va 500 m’/sek) suv tashlagichlar bilan jihozlangan.

Chorvoq suv ombori Chirchiq—Boʻzsuv suvenergetika traktini bir meʼyorda suv bilan taʼminlaydi. Uning barpo etilishi bilan
suv kam boʻlgan yillari Toshkent vohasidagi va Qozogʻiston Respublikasi Jan. Qozogʻiston viloyatidagi 355 ming ga dan ortiq
yerni barqaror suv bilan taʼminlash (shundan yangi oʻzlashtirilgan yerlar 150 ming ga), Chirchiq daryosining yuqori oqimida
roʻy beradigan suv toshqinlariga barham berish imkoniyatlari yaratildi.

Categories:

Tags:

Comments are closed